Huawei 1
Joriy yil boshidan shu vaqtga qadar 4 ta sportchida antidoping qoidabuzilish holatlari qayd etilgan

Joriy yil boshidan shu vaqtga qadar 4 ta sportchida antidoping qoidabuzilish holatlari qayd etilgan. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi Axborot xizmati rahbari Humoyun Omonov maʼlum qildi.

Agentlik tomonidan ishga tushirilgan talim-uznada.uz platformasidan hozirgi kunga kelib, 17.573 ta foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tgan va 15.550 nafar sportchi kursni yakunlab sertifikat olishga erishdi.

Shuningdek, Milliy antidoping agentligi va Sport vazirligi bilan tasdiqlangan qo‘shma qarorga asosan, 2025 yildan boshlab O‘zbekiston chempionati va kubogi musobaqalarida ishtirok etadigan sportchilar sertifikat olgandan so‘ng musobaqalarga qatnashishga ruxsat berilish talabi yo‘lga qo‘yilgan.

Xalqaro testlash agentligi (ITA) tomonidan 2 nafar agentlik mutaxassisi Xalqaro darajadagi doping ofitser maqomiga ega bo‘ldi va umumiy qilib aytganda hozirgi kunda Agentlikda 5 nafar xalqaro darajadagi doping ofitserlar faoliyat olib bormoqda.

ADAMS tizimiga joylashuv maʼlumotlarini o‘z vaqtida kiritmagan 17 nafar sportchilarga ogoxlantirish berildi. Diskvalifikatsiya zajo muddati tugagan 2 nafar sportchi professional sportga qaytdi.

Joriy yil davomida jami 235 ta doping sinamalar olindi. Shundan, 19 ta sport turi bo‘yicha musobaqadan tashqari 123 ta test olingan. Qolaversa, Xalqaro tashkilotlar tomonidan tushgan buyurtma asosida 46 ta sinama olindi.

Yil boshidan shu vaqtga qadar 4 ta sportchida antidoping qoidabuzilish holatlari qayd etilgan. Bulardan, 1 ta sportchiga sportdan chetlatish jazo chorasi qo‘llanilgan bo‘lsa, 1 nafar sportchining ishi o‘rganilmoqda va 2 nafar sportchining analizlarida ijobiy doping tahlili bo‘lsada, ushbu sportchilarga faoliyatini davom ettirish imkoni yaratildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52220 | Инструменты