Huawei 1
Falastinliklar G‘azodagi BMT omboriga bostirib kirdi

28 may, chorshanba kuni tashkilot X ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida xabar berishicha, «ochlikdan azob chekayotgan bir guruh odamlar» BMT Jahon oziq-ovqat dasturining G‘azo sektoridagi omboriga bostirib kirdi.

Hodisa oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi halok bo‘lgan. Yana bir necha kishi jarohat olgan. «Oziq-ovqat va boshqa yordamlar to‘xtatilgan G‘azoda 80 kunlik to‘liq blokadadan so‘ng, insonparvarlik ehtiyojlari nazoratdan chiqib ketdi», — deyiladi Jahon oziq-ovqat dasturi akkauntida. Unda G‘azo sektorida oziq-ovqat mahsulotlarini tartibli ravishda tarqatish uchun «darhol «gumanitar tashkilotlarning xavfsiz va to‘siqsiz kirishi» talab qilingan.

Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL), o‘z navbatida, 27 may kuni ijtimoiy tarmoqlarida 400 ta yuk mashinasi insonparvarlik yordami bilan «G‘azoda BMT ularni tarqatishini kutayotganini» yozdi. «Noto‘g‘ri ma’lumotlarga berilmang, TSAHAL va COGAT (hukumatning hududlardagi faoliyati koordinatori, Isroil Mudofaa vazirligining Falastin hududlaridagi ish uchun mas’ul bo‘linmasi) logistika va xavfsizlik protokollarini moslashtirdi. BMT o‘z ishini bajarishdan bosh tortishda davom etmoqda», — deya qo‘shimcha qildi Isroil harbiylari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53111 | Инструменты