Huawei 1
Rasman: Qurbon hayiti 6 iyunda nishonlanadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev «Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.

Qarorga ko‘ra, 2025 yilda muborak Qurbon hayitining birinchi kuni 6 iyun – juma kuniga to‘g‘ri kelishi to‘g‘risida O‘zbekiston musulmonlari idorasining axboroti ma’lumot uchun qabul qilinib, mamlakatda 6 iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida keng nishonlanadi.

Aholining Qurbon hayiti bayramini munosib o‘tkazishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida 2025 yil 7 iyun (shanba) kuni olti kunlik ish haftasi tartibi bo‘yicha ishlaydigan xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni etib belgilandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston mahallalari uyushmasi, Ijtimoiy himoya milliy agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda hududlarda Qurbon hayitini xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlariga uyg‘un holda o‘tkazish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60105 | Инструменты