Huawei 1
Makron Falastinni tan olishni «maʼnaviy burch» deb atadi

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Falastin davlatini tan olish «maʼnaviy burch» va siyosiy zarurat ekanini aytdi.

Singapurdagi matbuot anjumanida so‘zlagan Makron Falastin davlatchiligini tan olish qator shartlarning bajarilishi bilan birga bo‘lishi kerakligini taʼkidladi.

Bu shartlar qatorida u Falastin davlati tomonidan Isroilning yashash va xavfsizlik huquqini tan olishi, HAMAS harakatining qurolsizlanishi, HAMASning Falastinni boshqarishda ishtirok etishdan bosh tortishi va garovga olinganlarni ozod qilishni keltirdi.

Fransiya rahbari, shuningdek, agar Isroil yaqin soatlar va kunlarda G‘azo sektoridagi gumanitar vaziyatga maqbul yechim taklif qilmasa, xalqaro hamjamiyat Tel-Avivga nisbatan qatʼiy umumiy pozitsiyani egallashi kerakligini taʼkidladi.

Uning taʼkidlashicha, bunday vaziyatda YEI o‘z tamoyillariga muvofiq harakat qilishi, inson huquqlarini hurmat qilishga asoslangan jarayonlarni yakunlashi va sanksiyalar joriy etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishi kerak.

«Biz qatʼiyroq bo‘lishimiz kerak, chunki bu hozir zaruratga aylangan. Lekin men hali ham Isroilning pozitsiyasi o‘zgaradi va gumanitar yechim topiladi deb umid qilaman», — deya qo‘shimcha qildi Makron.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60121 | Инструменты