Huawei 1
Eyfel minorasi qayta ochildi

Parijning mashxur Eyfel minorasi, koronavirus infeksiyasi tufayli kiritilgan 104 kunlik izolyatsiyadan keyin 25 iyun kuni jamoatchilik uchun qayta ochildi.

Uch oydan ortiq vaqt mobaynida yopiq bo’lgan dunyoga mashhur minora har kuni mehmonlarning xavfsizligini ta'minlash maqsadida cheklangan miqdordagi tashrif buyuruvchilarga o’z eshiklarini ochadi.  

Shu bilan birga, minoraga tashrif buyurgan 11 yoshdan yuqori bo’lganlarning niqob taqishlari talab qilinadi. Hamma joyda gigiyena qoidalari haqida odamlarga eslatuvchi yozma belgilar mavjud.

Hozirgi vaqtda minoraning birinchi va ikkinchi qavatlari tashrif buyurish uchun ochiq bo'lib, yuqori qavatlar 15 iyulgacha yopiq bo’ladi.

Ochilishning birinchi kunida 700 dan ortiq mehmon onlayn chiptalarni sotib olgan va Eyfel minorasi kun davomida jami 1000 ga yaqin mehmonni qabul qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53104 | Инструменты