Hindistonda sobiq kollej direktori 2018-yilda to‘y sovg‘asiga bomba yuborgani sababli umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda Independent xabar berdi.
Punjilal Meher ismli shaxsga Odisha shtati sudi tomonidan 28-may kuni hukm o‘qildi. Deyarli yetti yil oldin sodir bo‘lgan bu portlashda 26 yoshli kuyov Soumya Sekhar Sahu va uning 85 yoshli xolasi Jenamani halok bo‘lgan. Sahuning rafiqasi Reema esa og‘ir tan jarohatlari bilan omon qolgan.
Juftlik 2018-yil 23-fevral kuni (to‘yga atiga 5 kun bo‘lganda), Patnagarh shahridagi uyiga kelgan sovg‘ani ochganida portlash yuz bergan. Reema, o‘sha paytda 22 yoshda bo‘lgan, hodisadan keyin bir oydan ko‘proq vaqt shifoxonada davolangan. Kuyov yapon elektronika kompaniyasida muhandis bo‘lib ishlagan.
Sud Meherni qasddan odam o‘ldirish, odam o‘ldirishga urinish va portlovchi moddalardan foydalanishda aybdor deb topgan. Prokuratura bu jinoyatni o‘ta og‘ir deb topgan bo‘lsa-da, jinoyatchiga o‘lim jazosi tayinlamagan. Politsiyaning ta’kidlashicha, Meher portlovchi moddalar tayyorlashni YouTube’da onlayn video qo‘llanmalar orqali o‘rgangan.
2017-yilgi Divali paytida u ko‘p miqdorda paqildoqlar sotib olib, sinov o‘tkazishni boshlagan: poroxni LED chiroqlarga joylashtirgan. Shu orqali kichik portlashlarni yuzaga keltirgan.
To‘yda ham, dafn marosimida ham ishtirok etgani aytilayotgan Meher portlovchi qurilmani jo‘natish uchun “Raypurlik SK Sharma” degan soxta ism va manzildan foydalangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60102 | Инструменты