NATO davlati Estoniya Rossiya harbiy samolyotini o‘z havo hududini buzganlikda aybladi. «Bu jiddiy tahdid va Rossiya nafaqat Ukrainaga, balki butun Shimoliy Atlantika alyansiga qanday tahdid solayotganiga yana bir misol», — deb yozdi Estoniya tashqi ishlar vaziri Margus Saxkna 15 may, payshanba kuni X ijtimoiy tarmog‘ida.
«Rossiya qiruvchi samolyoti Rossiyaning «soyadagi floti»ga tegishli neft tankerini himoya qilish uchun NATO havo hududini buzdi», deb tushuntirdi vazir va ushbu flot yordamida Rossiya G‘arb sanksiyalarini chetlab o‘tib, neft eksportini davom ettirishga harakat qilayotganini qo‘shimcha qildi.
13 may kuni Estoniya harbiy xizmatchilari aviatsiya va kemalar ko‘magida Finlyandiya ko‘rfazida Gabon bayrog‘i ostida suzib ketayotgan Jaguar kemasini neytral suvlarda qo‘lga olishga urindi. Rossiya Telegram-kanallari xabariga ko‘ra, kema Leningrad viloyatidagi Primorsk portiga yo‘l olgan. Estoniya harbiylari tankerni neytral suvlarni tark etishga va Estoniya hududiy suvlariga borishga majburlashga urinib ko‘rdi, u yerda ular uni ushlab turish huquqiga ega bo‘ladilar.
“RaZved_DoZor” telekanalining xabar berishicha, operatsiyada Estoniyaning ikkita patrul kemasi, desant vertolyoti va samolyoti ishtirok etgan. Kanal mualliflari, shuningdek, Gabon bayrog‘i ostidagi kemani Polsha harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyoti to‘xtatishga uringanini, biroq Estoniya harbiylarining barcha saʼy-harakatlariga qaramay, tanker Primorsk tomon harakatlanishda davom etganini taʼkidlamoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51703 | Инструменты