Huawei 1
Istanbulda Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar boshlandi

16 may kuni Turkiyaning Istanbul shahrida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi uch yildan beri ilk bor to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralar boshlandi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Ushbu uchrashuvlar 15 may kunida boshlanishi kutilgan edi, ammo tomonlar ma’lum bir sabablarga ko‘ra uchrasholmagan va uchrashuv bugun, 16 mayga ko‘chirilgan.

Ushbu uchrashuv Bosfor bo‘g‘ozi yaqinidagi Dolmabaxche Prezident saroyida bo‘lib o‘tmoqda. Muzokaralar yopiq eshiklar ortida o‘tkazilmoqda va ularning maqsadi Ukraina konfliktini hal etishdan iborat. Uchrashuvdan oldin, Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hoqon Fidan tabrik so‘zi va ezgu niyatlar bildirgan.

Rossiya Prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakovning ta’kidlashicha, Rossiya delegatsiyasi Istanbulda siyosiy va texnikaviy masalalarni muhokama qiladi.

Istanbuldagi Rossiya delegatsiyasi tarkibiga Rossiya Prezidentining yordamchisi, sobiq madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy boshchilik qilmoqda. Uning tarkibiga Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Mixail Galuzin, Mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin, Rossiya Qurolli kuchlari Bosh shtabi Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Igor Kostyukov va boshqa “uchinchi darajali” amaldorlar kiradi.

Ukraina tarkibiga esa Mudofaa vaziri Rustam Umarov boshchilik qiladi. Ukraina Prezidenti devonining veb-saytidagi farmonga ko‘ra, uning tarkibiga yana 11 kishi kirgan: Ukraina Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sergey Kislitsa, Ukraina Xavfsizlik xizmati raisining o‘rinbosari Aleksandr Poklad, Tashqi razvedka boshqarmasi raisining birinchi o‘rinbosari Oleg Lugovskiy, Ukraina Mudofaa vazirligining Bosh razvedka boshqarmasi, shuningdek, Ukraina Qurolli Kuchlari turli bo‘linmalari shtab boshliqlarining o‘rinbosarlari va Ukraina Mudofaa vazirligi markaziy apparati xodimlari.

Ma’lumot uchun, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralar 2022 yilda to‘xtatilgan va oradan 3 yil o‘tibgina bu muzokaralar yana jonlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51704 | Инструменты