Huawei 1
O‘z uyini ifloslantirgan huquqbuzarlarga chora ko‘rildi

Navoiy viloyatida belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash bilan bog‘liq yana bir qator huquqbuzarliklar aniqlandi. Holatlar Ekologiya vazirligi Dispetcherlik va onlayn monitoring markaziy boshqarmasi tomonidan o‘rnatilgan onlayn kuzatuv kameralariga muhrlandi. 

Xususan, Navoiy shahar “Muruvvat”  MFY hududida fuqarolar Sh.B., B.U., H.B., E.B., D.J. va Z.F. tomonidan o‘zlari istiqomat qiladigan ko‘p qavatli uy atrofiga belgilanmagan joyga noqonuniy chiqindi tashlanganligi aniqlandi. Ya'ni bu fuqarolar o‘zlari yashaydigan hududni ifloslantirishgan. 

Yuqoridagi holatlar yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan MJtKning 91-moddasi 1-qismiga ko‘ra maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, har biriga bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari (375 ming so‘mdan), jami 2 mln 250 ming so‘m miqdorida jarima belgilandi.

Onlayn kameralar nafaqat belgilanmagan joylarga chiqindi tashlash, balki boshqa turdagi ekologik huquqbuzarliklarni ham muhrlaydi. Bu esa huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash va chora ko‘rish imkonini beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51708 | Инструменты