Huawei 1
“Bu mustahkam va o‘zaro manfaatli sheriklikning hali boshlanishi” — Saida Mirziyoyeva AQSH Senati a’zolari va biznes vakillari bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva bugun AQSHning Yuta shtati Senati a‘zolari va biznes doiralari vakillaridan iborat delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Prezident yordamchisining ta’kidlashicha, uchrashuvda ta’lim, biznesni rivojlantirish, ayniqsa, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash hamda texnologiyalar borasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha aniq amaliy qadamlar muhokama qilingan.

Silicon Slopes texnologiyalar hududi hamda Yuta shtati universitetlari bilan aloqalar o‘rnatishga katta qiziqish bildirildi. Shuningdek, O‘zbekiston eksportchilari va Solt-Leyk-Siti shahridagi Jahon savdo markazi o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yishni taklif qilingan.

“Ishonchim komilki, bu mustahkam va o‘zaro manfaatli sheriklikning hali boshlanishi”, deydi Saida Mirziyoyeva.
Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51707 | Инструменты