Eronning 15-iyunga o‘tar kechasi Isroilga raketa zarbalari oqibatida Tel Aviv yaqinida turar joy binolari vayron bo‘ldi.
Ballistik raketa Tel Aviv chekkasidagi asosan rusiyzabonlar yashagan Bat Yam shaharchasida ko‘p qavatli turar joy binosiga kelib urilgan. Tarmoqlarda uyga zarba berilishi va zarbadan so‘ng vayronaga aylangani aks etgan videolar tarqaldi.
The Times of Israel yozishicha, bu zarbalar oqibatida kamida 6 kishi halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi yaralangan, 3 kishi bedarak yo‘qolgan. Bat Yam meriga ko‘ra, ular vayronalar ostida bo‘lishi mumkin. Qutqaruv xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning 2 nafari 8 va 10 yoshdagi bolalar bo‘lgan.
Shaharchada 61 ta binoga zarar yetgan, ularning 6 tasi to‘liq buzilib tashlanishi kerak.
Isroil shimolidagi Tamra shahriga berilgan zarba oqibatida esa rasmiylarga ko‘ra, to‘rt kishi halok bo‘lgan. Tamra asosan arablar yashovchi shahar bo‘lib, Hayfadan, taxminan, 20 kilometr uzoqlikda joylashgan. Halok bo‘lganlarning barchasi musulmon bo‘lgan arab ayollaridir.
Mamlakatning markaziy qismidagi Rexovot shahrida Eron zarbasi oqibatida 40 kishi yaralandi.
Tungi hujumlarda jami 200 ga yaqin odam jarohatlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70810 | Инструменты