Huawei 1
Turkiyada otishmada o‘zbekistonlik ayol halok bo‘ldi

Turkiyada 35 yoshli o‘zbekistonlik ayol otishma oqibatida halok bo‘ldi, deb xabar beradi O‘zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston fuqarosi Aydin viloyatida joylashgan restoranda ofitsiant sifatida faoliyat yuritib kelgan. 5 iyul kuni yuz bergan otishmada u bosh qismidan og‘ir jarohat olib, voqea joyida vafot etdi.

Mazkur jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinayotgan 5 nafar shaxs huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.

«Vafot etgan vatandoshimizning jasadini O‘zbekistonga yuborish, shuningdek, uning yaqinlariga zarur yordam ko‘rsatish bo‘yicha Bosh konsulxona hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligining Turkiyadagi vakilligi tomonidan tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda», — deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70817 | Инструменты