Huawei 1
O‘zbek va xitoylik turizm sohasi mutaxassislari hamkorlikni mustahkamlash uchun yig‘ildi

Samarqandda “Ipak yo‘lida turizm” xalqaro muloqoti doirasida B2B  uchrashuvlari ham bo‘lib o’tdi. Unda ikki mamlakatning barcha hududlaridan turizm operatorlari, rasmiylar va sohaga oid mutaxassislar bir joyga jam bo‘ldi. Yirik xitoylik turoperatorlar O‘zbekistonga sayohat qiluvchi xitoylik sayyohlar sonini oshirishga qaratilgan strategik kelishuvlarni imzoladi.

Ishtirokchilar Ipak yo‘li bo‘ylab tematik sayohat marshrutlarini targ‘ib etish uchun birgalikdagi tashabbuslarni yo‘lga qo‘ydi. Tashkilotchilar madaniy aloqalarni chuqurlashtirish, o‘zbek merosi, an’analari va mehmondo‘stligini xitoylik sayyohlarga keng tanishtirishni maqsad qilishganini ta’kidlashdi.

Tashkilotchilar ushbu tadbir ishbilarmonlik aloqalarini mustahkamlash bilan birga O‘zbekistonni Markaziy Osiyodagi yetakchi turizm yo‘nalishi sifatida namoyish etishini ta’kidadi. Bunday muloqot “Bir kamar – bir yo‘l” tashabbusi doirasida uzoq muddatli turizm hamkorligi sari muhim qadam bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70723 | Инструменты