O‘zbekiston BRIKSning hamkor davlatiga aylandi. Bu ma'lumotni Uzreport.news manbasiga O'zbekiston TIV matbuot kotibi Axror Burxonov tasdiqladi.
"O‘zbekiston Respublikasi BRIKS tashkiloti bilan hamkorlik masalasida imkoniyatlarni o‘rganmoqda.
BRIKS a’zolari — Braziliya, Rossiya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika, shuningdek, so‘nggi yillarda unga qo‘shilgan boshqa davlatlar bilan ikki va ko‘p tomonlama aloqalar izchil va har tomonlama rivojlanmoqda. Ushbu hamkorlik savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, transport-logistika, ilm-fan, innovatsiya va boshqa muhim yo‘nalishlarni qamrab olmoqda.
O‘zbekiston mazkur platforma doirasida amaliy sheriklik va ochiq muloqotni qo‘llab-quvvatlaydi, umumiy taraqqiyot, barqarorlik va manfaatli integratsiyaga hissa qo‘shishga tayyor.
BRIKS bilan hamkorlik O‘zbekiston tashqi siyosatining pragmatik va muvozanatli yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda", deya bu siyosiy jarayonni izohladi TIV vakili.
Eslatib o'tamiz, bundan oldin O‘zbekiston fuqarolari Eronga 10 kungacha bo‘lgan muddat mobaynida vizasiz kirishlari mumkinligi haqida xabar bergan edik.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70800 | Инструменты