Huawei 1
Eron AQSH hujumidan keyin Isroilga raketalar uchirdi

22 iyun tongida Isroilning shimoliy va markaziy qismlarida Eron tomonidan raketa zarbalari xavfi sabab havo trevogasi sirenalari yangradi. Aholiga pana joylarga ko‘chish buyurildi.

Taʼkidlanishicha, Eron hujumi bir necha to‘lqinlarda davom etgan. Isroil Mudofaa armiyasiga ko‘ra, Eron tomonidan jami 20–30 ta ballistik raketa uchirilgan.

Magen Devid Adom milliy tibbiyot xizmatining maʼlum qilishicha, qutqaruvchilar mamlakatning o‘ndan ortiq joylariga raketa va snaryad parchalari kelib tushganiga oid xabarlarni qayd etgan.

Hujum oqibatida kamida 11 kishi jarohat olgan.

Qayd etilishicha, hujum Amerika harbiylari tunda Eron yadroviy dasturi obyektlariga bergan zarbalaridan keyin amalga oshirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62219 | Инструменты