Huawei 1

Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu “G‘azoning jallodi” sifatida tarixga kiradi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an mamlakat parlamentidagi chiqishi chog‘ida aytib o‘tdi.

“G‘azo sektorida o‘tgan asrning eng katta vahshiyliklaridan birini sodir etgan Netanyaxu allaqachon o‘z nomini tarixga “G‘azo jallodi” sifatida yozib qo‘ydi", dedi u.

Turkiya rahbarining soʻzlariga koʻra, Netanyaxu maʼmuriyatining bayonotlari Gʻazo sektoridagi gumanitar pauza doimiy oʻt ochishni toʻxtatishga aylanishi haqidagi umidlarni kamaytiradi.

O'z navbatida, Erdog'an Isroil rasmiylari qonun oldida javob berishiga va'da berdi. Uning fikricha, Netanyaxu G‘azo sektoridagi harakatlari bilan dunyoda antisemitizmni qo‘zg‘atmoqda.

Bundan tashqari, Turkiya rahbari Isroil va HAMAS oʻrtasidagi mojaro fonida Anqara imkon qadar koʻproq mahbuslarni ozod qilish va oʻt ochishni toʻxtatish rejimini doimiyga aylantirish uchun aloqalarni faollashtirishga harakat qilayotganini taʼkidladi. Shuningdek, u Turkiyaning Falastin anklavi aholisiga bundan buyon ham gumanitar yordam ko‘rsatish rejalari haqida gapirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72716 | Инструменты