72 nafar o‘zbekistonlik AQSHdan deportatsiya qilindi

11 mart, chorshanba kuni Qo‘shma Shtatlar O‘zbekistonga deportatsiya reysini amalga oshirib, mamlakatda qolish uchun qonuniy ruxsatga ega bo‘lmagan 72 nafar O‘zbekiston fuqarosini qaytarib yubordi.

Ushbu parvoz Qo‘shma Shtatlarning o‘z chegaralari xavfsizligini taʼminlash borasidagi saʼy-harakatlari doirasidagi navbatdagi tadbirlardan biridir.

Prezident Tramp lavozimga kirishganidan buyon Qo‘shma Shtatlar noqonuniy immigratsiyaga chek qo‘yishga hamda o‘z chegaralari va fuqarolarini himoya qilishga qaratilgan o‘z majburiyatlari doirasida 1000 dan ziyod O‘zbekiston fuqarosini deportatsiya qildi. Qo‘shma Shtatlar hududiga noqonuniy kirgan shaxslar qamoq jazosiga tortiladi va mamlakatdan chiqarib yuboriladi.

Qo‘shma Shtatlar AQSHning deportatsiya tadbirlarini o‘tkazishda yaqindan hamkorlik qilayotgani uchun O‘zbekiston hukumatiga o‘zining chuqur minnatdorligini bildiradi, deyiladi AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi press-relizida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31116 | Инструменты