Rossiya Eronga razvedka maʼlumotlari bermasligini aytdi — Stiv Uitkoff

AQSH prezidentining maxsus vakilinig aytishicha, Rossiya Eronga Yaqin Sharqdagi AQSH harbiy obyektlariga zarba berish uchun razvedka maʼlumotlari taqdim etmasligini bildirgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday bayonot Vladimir Putin va Donald Tramp o‘rtasida 10 mart kuni bo‘lib o‘tgan muloqotda aytilgan. Rossiya prezidenti yordamchisi Yuriy Ushakov ham bu haqda Uitkoff va Trampning kuyovi Jared Kushner bilan suhbatda gapirgan.

Uitkoff Rossiyaning bu bayonotiga ishonish mumkinligini taʼkidlab, Moskva razvedka maʼlumotlarini Tehron bilan bo‘lishmasligiga umid bildirgan.

Avvalroq The Washington Post uchta manbaga tayanib, Rossiya Eronga Yaqin Sharqdagi AQSH harbiy obyektlarining koordinatalariga oid maʼlumotlarni taqdim etgan bo‘lishi mumkinligini xabar qilgan edi.

Shu bilan birga, Donald Tramp Eron bilan bog‘liq vaziyatga izoh berib, bu masala AQSH uchun “eng oson hal qilinadigan muammolardan biri” ekanini aytgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 31116 | Инструменты