Ular Suriyani uch qismga bo‘lish niyatida edi, ammo bu rejalar barbod bo‘ldi, dedi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Anqara Suriyaning yangi rasmiylarining mamlakatning siyosiy va hududiy yaxlitligini ta’minlash borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholaydi.
Erdo‘g‘an bunday rejalarni kim amalga oshirganiga aniqlik kiritmadi.
Turkiya prezidenti, shuningdek, Anqara suriyalik qochqinlarning o‘z vatanlariga ixtiyoriy ravishda qaytishini olqishlashini, biroq suriyalik fuqarolarni qaytishga majburlashdan o‘zini tutishini ta’kidladi.
7-yanvar kuni Erdo‘g‘an arab davlatlarini Suriyani tiklashda yordam berishga chaqirib, mamlakat 500 milliard dollardan ortiq zarar ko‘rganini ta’kidladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20811 | Инструменты