Huawei 1
«Endi tinchlikni tanlash kerak. Aks holda, keyingi hujumlar bundan kattaroq bo‘ladi» — Tramp Eronga hujumlar ortidan murojaat qildi

AQSH prezidenti Donald Trampga uning qisqa murojaatida davomida vitse-prezident James Vens, davlat kotibi Marko Rubio va mudofaa vaziri Pit Hegset hamrohlik qildi.

Tramp ushbu hujumlarni «hayratomuz harbiy muvaffaqiyat» deb atadi va Eronning yadroviy inshootlari «butunlay va to‘liq yo‘q qilinganini» daʼvo qildi.

«Eron endi tinchlikni tanlashi kerak. Aks holda, keyingi hujumlar bundan ham kattaroq va ancha oson bo‘ladi. Yana ko‘plab nishonlar bor... Agar tinchlik tez orada kelmasa, biz ularni aniqlik, tezlik va mahorat bilan yo‘q qilamiz,» dyeya Tramp yana Eronni ogohlantirdi.

U shuningdek, bu holat davom etmasligini taʼkidladi. «Yoki tinchlik bo‘ladi, yoki Eron uchun, so‘nggi sakkiz kun ichida ko‘rganimizdan ancha dahshatli fojia yuz beradi,» degan AQSH yetakchisi.

Tramp o‘z murojaatida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuga minnatdorchilik bildirib, AQSH va Isroil «bir jamoa sifatida ishlaganini» aytdi:

«Men bosh vazir Bibi Netanyaxuga minnatdorchilik bildirmoqchiman. Biz bir jamoa sifatida, ehtimol ilgari hech kim kabi, hamkorlikda ishladik. Bu Isroil uchun xavfni yo‘q qilish yo‘lida katta qadam bo‘ldi. Isroil armiyasiga qilgan ajoyib ishi uchun minnatdorman.»

Trampga ko‘ra, bu hujumlarning asosiy maqsadi Eronning yadro boyitish imkoniyatini tugatish va «terrorizmning dunyodagi eng yirik homiysi» tomonidan kelayotgan yadro tahdidini to‘xtatish bo‘lgan.

«Bugun kechasi men butun dunyoga shuni xabar bera olaman: bu zarbalar hayratomuz harbiy muvaffaqiyat bo‘ldi,» — dedi u.

Jonli efirdagi murojaatidan so‘ng, Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Eronni yana ogohlantirdi:

«Eron tomonidan AQSHga qarshi har qanday javob harakati, bugun kechasi guvohi bo‘lgan harakatlardan ham ancha kuchli kuch bilan qarshilanadi».

Tramp, shuningdek, Bosh shtab rahbari general Den Keyn yakshanba kuni ertalab, soat 08:00da (GMT 12:00) matbuot anjumani o‘tkazishini maʼlum qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62218 | Инструменты