O‘zbekiston dunyoning go‘sht eng arzon sotiladigan davlatlari qatorida bo‘lib, Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida Qirg‘izistondan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Bu haqda Qishloq xo‘jaligi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, so‘nggi yillarda go‘sht narxining oshishi global miqyosda kuzatilmoqda. BMTning Xalqaro oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotiga ko‘ra, buning bir necha omillari mavjud:
Masalan, Rossiyada tovuq go‘shti narxi joriy yilning boshidan buyon 9,7 foizga, Qozog‘istonda esa 4,7 foizga oshgan. Umuman olganda, O‘zbekistonda go‘sht narxi mintaqaviy tendensiyalar doirasida saqlanmoqda va global bozor tebranishlariga nisbatan barqarorlikni namoyon qilmoqda.
Mutaxassislarning fikricha, ayni paytda O‘zbekistondagi bozorlarning arzonlashtirilgan rastalarida 1 kg mol va qo‘y go‘shti o‘rtacha 65-75 ming, savdo rastalarida 90-95 ming, savdo markazlarida esa 95-100 ming so‘mdan sotilmoqda.
Toshkent shahridagi arzonlashtirilgan rastalarda 65-75 ming so‘mlik go‘shtni xaridorlarning 15-18 foizini, 90-95 ming so‘mlik ro‘zg‘orbop go‘sht esa 82-85 foizini, 110-130 ming so‘mlik suyaksiz (lahm) go‘sht esa atigi 1-2 foizini tashkil etadi.
Yana bir jihat, poytaxt bozorlarida go‘shtni aholining xarid qobiliyatiga mos ravishda qismlarga bo‘lib sotish yo‘lga qo‘yilgan. Jumladan, go‘shti ajratilgan suyak (ragu) 25-30 ming so‘m, qovurga 85-95 ming so‘m, suyaksiz go‘sht (lahm) esa 110-130 ming so‘m atrofida.
Rossiyada 1 kg mol go‘shti 10-12, Belarusda 6-8, Qozog‘istonda 7-11, Tojikistonda 8-10, Gruziyada 9,5-12, Ozarbayjonda 9,5-12,5, Turkiyada 12-14 dollar, shuningdek, iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar Shvetsiyada 46,2, Islandiyada 38,86, Janubiy Koreyada esa 28 dollar atrofida sotilmoqda.
“Bundan ko‘tinib turibdiki, O‘zbekiston dunyoning go‘sht eng arzon sotiladigan davlatlari qatorida bo‘lib, Markaziy Osiyo mamlakatlari ichida Qirg‘izistondan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi”, deyiladi vazirlik xabarida.
Go‘sht ishlab chiqarishga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni ham tahlil qilinadigan bo‘lsa, 2025 yilning birinchi choragida go‘sht ishlab chiqarish bilan bog‘liq xarajatlar – jumladan, yem-ozuqa, elektr energiyasi va yoqilg‘i-moylash materiallarining narxlari keskin oshgan.
Shuningdek, chorvachilikda go‘sht yetishtirish uchun kuchli ozuqaga bo‘lgan talabning yuqoriligi, ozuqa yetishtirish uchun yer maydonlarining yetishmasligi tufayli chorva mollarini ozuqa bilan ta’minlanish darajasining 35-40 foizini tashkil etmoqda.
2024 yilning oktyabr oyidagi narxlar bilan solishtirilganda, bugungi kunda shrot narxi 3 ming so‘mdan 7 ming so‘mga, sheluxa 2800 so‘mdan 4 ming so‘mga, omuxta yem 2900 so‘mdan 3700 so‘mga, bug‘doy 2200 ming so‘mdan 3500 ming so‘mga, makkajo‘xori silosi 500 so‘mdan 900-1000 so‘mga, somon 15 ming so‘mdan 25 ming so‘mga, beda esa 25 ming so‘mdan 45 ming so‘mga oshgan.
2024 yilda umumiy 2 million 900 ming tonna tirik vaznda (1 million 700 ming tonna so‘yilgan vaznda) go‘sht ishlab chiqarilgan. 93 ming tonna go‘sht import qilingan. Ishlab chiqarilgan go‘shtga nisbatan import salmog‘i 5,4 foizni tashkil qilgan.
Import qilingan go‘shtning 70 foizi qayta ishlash korxonalariga yo‘naltirilgan bo‘lsa, qolgan qismi Toshkent shahrining dehqon bozorlaridagi arzonlashtirilgan rastalarda sotilgan.
So‘nggi besh yilda chorvachilik sohasida olib borilgan islohotlar natijasida chorvachilik korxonalarida mol soni ikki barobar, ishlab chiqarilayotgan chorvachilik mahsulotlari hajmi esa uch barobar oshgan.
Naslchilik korxonalari soni 400 tadan 1900 taga yetkazilgan bo‘lsa, zoti yaxshilangan qoramollar ulushi 30-35 foizdan 70-75 foizga ko‘tarilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51019 | Инструменты