Donald Tramp Apple bosh direktori Tim Kukdan Hindistonda iPhone ishlab chiqarishni kengaytirishni to‘xtatishni so‘radi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi.
“Tim, biz sizga juda yaxshi munosabatdamiz, Xitoyda qurgan barcha zavodlaringizga yillar davomida toqat qilib keldik. Endi sizning Hindistonda qurilish qilishingizdan manfaatdor emasmiz”, — dedi AQSh prezidenti Apple bosh direktori bilan shaxsiy suhbatda.
Shuningdek, Tramp Kuk bilan suhbatdan so‘ng “Apple Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarishni ko‘paytirishga va’da berganini” qo‘shimcha qildi.
Trampning aytishicha, bu “dunyodagi eng yuqori tarifli mamlakatlardan biri” bo‘lib, u yerda Amerika mahsulotlarini sotish juda qiyin.
Apple va uning ishlab chiqarish hamkorlari so‘nggi oylarda Xitoydan ishlab chiqarish quvvatlarini ko‘chirishni jadallashtirdi.
Bu tendensiya AQSH-Xitoy munosabatlaridagi davomli keskinlik, ayniqsa Trampning bojxona siyosatidagi o‘zgarishlar fonida kuchaydi.
Qayd etilishicha, Hindistonda iPhone’larning asosiy yig‘ilishi mamlakatning janubidagi Foxconn zavodida amalga oshirilmoqda.
Boshqa yirik ta’minotchilar orasida mahalliy Wistron biznesini sotib olgan va Hindistondagi Pegatron faoliyatini boshqarayotgan Tata Group elektron mahsulotlar bo‘limi ham bor.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51702 | Инструменты