Huawei 1
AQSh armiyasida yuqori martabali ofitserlar soni keskin kamaytiriladi

AQSh Mudofaa vazirligi Qurolli kuchlardagi yuqori harbiy lavozimlarni qisqartirishga qaror qildi. Pentagon tarqatgan rasmiy memorandumga ko‘ra, har 5 ta to‘rt yulduzli general va admiralning biri ishdan olinadi. Bu esa ularning umumiy sonining 20 foizga qisqarishini anglatadi.

Mudofaa vaziri Pit Hegset imzolagan hujjatda aytilishicha, ushbu choralar harbiy tuzilmadagi ortiqcha bo‘linmalarni optimallashtirish, samaradorlikni oshirish va innovatsiyalarni rag‘batlantirish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Rejalashtirilgan islohotlar doirasida:

  • Armiya va flotdagi ofitserlar soni 10 foizga kamaytiriladi;
  • Milliy gvardiyada esa general darajasidagi rahbarlar 20 foizga qisqartiriladi.

Mart oyidagi statistikaga ko‘ra, AQShda 38 nafar to‘rt yulduzli general mavjud bo‘lib, ular armiyadagi eng yuqori harbiy unvonga ega. Umuman olganda, AQSh Qurolli Kuchlarida hozirda 817 nafar general va admiral xizmat qilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51107 | Инструменты