Huawei 1
Amazon sun’iy intellekt sabab ishchi kuchini qisqartiradi

Amazon bosh direktori Endi Jyessi yaqin bir necha yil ichida kompaniya ish jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyasi joriy etilishi sabab xodimlar soni qisqartirilishini ma’lum qildi.

«Biz generativ sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etar ekanmiz, bu ish jarayonlarini o‘zgartiradi. Ba’zi operatsiyalar uchun ma’lum vazifalarni bajarishda bizga kamroq odam kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, boshqa turdagi ishlar uchun esa ko‘proq xodim talab etiladi. Hozircha bu kabi tizimlar aniq qayerlarda joriy etilishini aytish qiyin, ammo yaqin bir necha yil ichida bu bizning umumiy xodimlar sonimizning qisqarishiga olib keladi»», — deyiladi Amazon rahbarining xodimlarga yo‘llagan ichki xatida.

2022 yildan 2023 yilga qadar Amazon 27 mingdan ortiq ish o‘rinlarini qisqartirishini e’lon qilgandi. Shu bilan birga, kompaniyaning sun’iy intellektni rivojlantirishga kiritgan investitsiyasi qariyb 105 milliard dollarni tashkil etadi. Ayni vaqtda butun dunyo bo‘ylab Amazonʼda faoliyat yuritadigan xodimlarning umumiy soni 1,6 million kishiga yetadi.

Avvalroq Microsoft korporatsiyasi yaqin haftalarda bir necha ming xodimini ishdan bo‘shatishni rejalashtirayotganini e’lon qilgandi. Qisqartirishlar sotuv jamoalari va boshqa bo‘linmalarga taalluqli bo‘lib, bu kompaniya e’tiborini qimmat turadigan sun’iy intellektni rivojlantirishga qaratayotgani bilan bog‘liq.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62313 | Инструменты