O‘zbekistonda 1 iyuldan uy sotib olishda eskrou tizimi joriy etiladi

2025 yil 1 iyuldan O‘zbekistonda uy-joy xarid qilish jarayonida eskrou tizimi amaliyotga joriy etiladi. Bu bo‘yicha tegishli prezident farmoni qabul qilingandi.

Yangi tartib fuqarolarning huquqlarini muhofaza qilish hamda qurilish sohasida qonuniylikni taʼminlashga xizmat qiladi.

Yangi tizimga ko‘ra:

- shartnomalar faqat davlat ro‘yxatidan o‘tgan qurilish obyektlari bo‘yicha tuziladi;

- xaridor to‘layotgan mablag‘ to‘g‘ridan to‘g‘ri qurilish kompaniyasiga berilmaydi, balki bankdagi maxsus eskrou hisobvaraq orqali amalga oshiriladi;

- qurilish ishlari kamida 30 foizga bajarilganidan so‘nggina bank tomonidan mablag‘ ko‘chiriladi yoki kredit ajratiladi;

- 2025 yil 1 iyuldan 31 dekabrgacha amaldagi va yangi tizim parallel ravishda qo‘llanadi;

- 2026 yil 1 yanvardan boshlab faqat eskrou hisobvaraq orqali hisob-kitoblarga ruxsat etiladi;

- qurilish sohasida shaffoflikni taʼminlash maqsadida «Shaffof qurilish» axborot tizimi joriy etiladi;

- ulushli shartnomalar bo‘yicha maʼlumotlar avtomatik tarzda soliq organlariga yuboriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42107 | Инструменты