Huawei 1
O'zbekiston gimnastikachilari Jahon chellenj kubogida 9 ta medalga sazovor bo'lishdi

Toshkentda sport gimnastikasi bo'yicha Jahon chellenj kubogi o'z nihoyasiga yetdi, deb xabar xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Milliy Olimpiya qo'mitasi ma'lumotiga ko'ra, final bahslarining ikkinchi kungi bellashuvlarida ham O'zbekiston terma jamoasi vakillari muvaffaqiyatli ishtirok etib, 2 ta oltin va 1 ta kumush medallariga sazovor bo'lishdi.

Jumladan, Ahrorxon Temirxonov (parallel brus) va Abdulaziz Mirvaliyev (tayanib sakrash) oltin, Odinaxon Robijonova (to'sin) esa kumush medalni qo'lga kiritdi.

Shu tariqa, hamyurtlarimiz musobaqa davomida 4 tadan oltin va kumush, 1 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62318 | Инструменты