SQB o‘zbek tili uchun yirik ochiq matnlar bazasi — UzLPC loyihasini taqdim etdi

UzLPC sun’iy intellekt modellarini o‘zbek tilida mukammal muloqot qilish va tarjima qilishni o‘rgatishga mo‘ljallangan ulkan raqamli bilimlar bazasidir. Bugungi kunga qadar matnlarni avtomatik tarzda o‘zbek tiliga o‘girishda turli uslubiy va mantiqiy xatolar ko‘p kuzatilar edi. SQB tomonidan yaratilgan ushbu resurs aynan shu muammoni bartaraf etishga xizmat qiladi.

Loyiha ko‘lami raqamlarda:

• 2,3 milliondan ortiq moslashtirilgan gaplar juftligi (ingliz va rus tillaridan o‘zbek tiliga);

• 17,9 milliondan ziyod so‘z qo‘llanilishi;

• 819 mingdan ortiq unikal so‘z boyligi.

Ma’lumotlar bazasidagi matnlar Tatoeba platformasi hamda o‘zbekcha Vikipediya kabi ishonchli manbalardan jamlangan. Shuningdek, ma’lumotlarning 10 foizdan ortig‘i yuqori aniqlikdagi tarjima sifatida qayta ishlangan.

Ushbu tashabbus SQB’ning raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt sohasidagi imkoniyatlarini kengaytirish strategiyasi doirasida bajarildi. Texnik jarayonlar Huawei Technologies kompaniyasi bilan hamkorlikda, yuqori quvvatli Atlas 800I A2 serveri hamda Qwen3.5-122B-A10B ilg‘or sun’iy intellekt modeli yordamida amalga oshirildi.

SQB Sun’iy intellekt departamentining ma’lum qilishicha, bunday boy ma’lumotlar bazasining yaratilishi mamlakatimizda raqamli texnologiyalar va SI yechimlarni rivojlantirishda yangi bosqichni boshlab beradi hamda dasturchi va tadqiqotchilarimiz uchun muhim tayanch bo‘lib xizmat qiladi.

SQB o‘zining ijtimoiy mas’uliyati va texnologik hamjamiyatni qo‘llab-quvvatlash tamoyilidan kelib chiqib, ushbu loyiha natijalarini barcha uchun bepul va ochiq (CC BY-SA 4.0 litsenziyasi bo‘yicha) taqdim etdi. Endilikda har bir mahalliy dasturchi, tadqiqotchi va IT-mutaxassisi o‘z loyihalarida ushbu bazadan erkin foydalanishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102920 | Инструменты