Huawei 1
Rasman: Isroil Madrimov boks yulduzi Terens Kroufordga qarshi jang qiladi

O‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov navbatdagi jangini vazn toifasidan qat’i nazar eng kuchli bokschilardan biri Terens Kroufordga qarshi ringga ko‘tariladi. Bu haqida bugun AQSHda o‘tkazilgan matbuot anjumanida rasman e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun, Isroil Madrimov ayni paytda birinchi o‘rta vazn toifasida WBA kamari sohibi hisoblanadi.

Terens Krouford esa hozirgi kunda yarimo‘rta vazn toifasida WBC va WBA kamarlari egasi.

Bahs ayni paytda Isroilda bo‘lib turgan WBA kamari, shuningdek WBOning vaqtinchalik kamari uchun o‘tkaziladi.

Jang 3 avgust kuni AQSHning Los-Anjeles shahrida tashkil etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga