Huawei 2
O‘zbekistondagi tibbiyot OTMda qancha hindistonlik o‘qiyotgani maʼlum bo‘ldi

O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Sardor Rustamboyev Tamil Nadu shtati maʼmuriy markazi markazi – Chennay shahriga amaliy tashrifi doirasida "Dr. Rela" ko‘ptarmoqli shifoxonasi ijrochi direktori Ilankumaran Kaliamurti bilan uchrashuv o‘tkazdi

O‘zaro muloqot chog‘ida mamlakatda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar jarayoni, jumladan, sog‘liqni saqlash tizimini zamonaviy talablar darajasida isloh qilish, ushbu sohadagi xalqaro aloqalarni rivojlantirish uchun yaratilayotgan haqida so‘zlab berilgan.

Hindistonning “Aakash” va “Pratiksha” ko‘ptarmoqli shifo maskanlarining O‘zbekistondagi faoliyati, mamlakat tibbiyot oliy taʼlim muassasalarida 5 ming nafardan ko‘proq hind yigit-qizlari taʼlim olayotganiga eʼtibor qaratilgan.

Ilankumaran Kaliamurti O‘zbekistonda hayotga tatbiq etilayotgan yangilanish jarayonidan xabardorligini maʼlum qilib, sog‘liqni saqlash sohasida birgalikda ishlash istiqbollaridan manfaatdorlik bildirgan

Uchrashuvda respublikada "Dr. Rela" ko‘ptarmoqli shifoxonasi bilan hamkorlikda qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish masalasi muhokama qilingan va shu maqsadda birgalikda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi bo‘yicha kelishuvga erishilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga