Huawei 2
Ukrainada 150 ming rus askari halok bo'ldi - Fransiya tashqi ishlar vazirligi

Rossiya armiyasi Ukrainadagi urushda 150 ming askarini yo‘qotdi, dedi Fransiyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Stefan Sejurne.

“Rossiyaning harbiy muvaffaqiyatsizligi allaqachon ayon. Bizning hisob-kitoblarga ko‘ra, Rossiyaning harbiy yo‘qotishlari 500 ming kishini tashkil etadi, shundan 150 ming kishi halok bo‘lgan”, — dedi u “Novaya gazeta”ga bergan intervyusida.

U, shuningdek, avvalroq Fransiya prezidenti Emmanuel Makron taklif qilganidek, Ukrainaga qo‘shin yuborish imkoniyatini ham inkor etmadi.

“Rossiya tushunishi kerakki, Yevropada tinchlik tahdid ostida boʻlsa va vatandoshlarimizning xavfsizligi xavf ostida boʻlsa, hech qanday cheklovlar yoʻq va hech qanday imkoniyat istisno qilinmaydi”, dedi Stefan Sejurne.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Parij Rossiyaning muzlatilgan aktivlari bo‘yicha foiz stavkalaridan tushgan mablag‘ni Ukraina mudofaasini moliyalashtirish uchun ishlatmoqchi.

“Fransiya haqiqatdan ham oldinga borishni istaydi: foiz stavkalari oshib borayotgan bir sharoitda bu aktivlar 2023-yilda 4 milliard yevroga yaqin daromad keltirdi. Biz ulardan Ukrainani mudofaa qilish va tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlarni moliyalashtirish uchun foydalanishni taklif qilamiz”, — dedi vazir.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga