Huawei 1
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonyerlar qo‘lga olindi

Avvalroq, Toshkent viloyatida inspektorlar brakonyerlar hujumiga uchragani haqida xabar bergan edik. 

Bosh prokuraturaning xabar berishicha, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo'zg'atildi. 

Tekshirish davomida daryoning Oqqo‘rg‘on tumani, “Eltamg‘ali” MFY, Ko‘rik qishlog‘idan oqib o‘tuvchi qismida 2 nafar fuqaro tomonidan motorli qayiq va to‘r yordamida "O‘zbekiston Respublikasida ov qilish Qoidalari"ga zid ravishda baliq ovlanayotganligi aniqlangan.

Brakonyerlardan ov qilishni to‘xtatish so‘ralganida, ular ekologiya inspektorlariga qayiq eshkaklari bilan hujum qilib, ularni urib suvga yiqitishgan va voqea joyidan qochishgan.

Oqqo‘rg‘on tuman prokuraturasi tomonidan 2-may kuni yuqoridagi 2 nafar shaxsga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga