Huawei 1
Parij Olimpiadasida rekord o‘rnatgan bokschilarimizning shaxsiy murabbiylari kimlar?

Parij Olimpiadasida boks bahslari o‘z yakuniga yetdi. Bokschilarimiz musobaqa yakuniga ko‘ra, 5 ta oltin medal qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallashdi va bokschimiz tarixida yangi sahifa ochishdi. 

Bunda albatta bosh murabbiy To‘lqin Qilichev boshchiligidagi murabbiylar shtabining xizmati beqiyos. Murabbiylar shtabida katta murabbiylar Rahmatjon Ro‘zioxunov, Xuan Enrike, shuningdek murabbiylarimiz Ziyatdinbek Toygonbayev, Davron Gafurov, Farruh Qilichev, Yergali Yarashov, Alisher To‘ychiyev, Po‘latjon Shahbazov, shifokor Komoljon Rasulov kabi mutaxassislarimiz ham faoliyat olib borishdi.

Bu safar O‘zbekiston boks federatsiyasi bokschilarimizning shaxsiy murabbiylarini ham Olimpiya o‘yinlaridagi ishtirokini taʼminlab bergani alohida eʼtiborga loyiq. Ko‘pchilik muxlislarimiz Olimpiada chempioni bo‘lgan bokschilarimizning shaxsiy murabbiylari haqida ham qiziqish bildirishgan. 

Unga ko‘ra, Olimpiada chempionlarining shaxsiy murabbiylari ro‘yxati shunday:

Hasanboy Do‘smatov - Ziyatdinbek Toygonbayev

Abdumalik Xalokov - Davron Gafurov

Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Farrux Qilichev (Husanboy Qo‘chqorov)

Lazizbek Mullojonov - Alisher To‘ychiyev (Sherzod Husanov)

Bahodir Jalolov - To‘lqin Qilichev.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91406 | Инструменты