HET korxonalari 5,5 mlrd so‘m asossiz undirilgan to'lovlar uchun javobgarlikka tortilmoqda

Tadbirkorlardan asossiz undirilgan 5,5 mlrd so‘mlik to‘lovlar  yuzasidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning tizimidagi korxonalarga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, elektr energiyasidan foydalanish qoidalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, elektr tarmoqlaridan uzib qo‘yilgan iste’molchilarni qayta ulash uchun undiriladigan to‘lovlar bekor qilingan.

Hududiy elektr tarmoqlari korxonalari tomonidan 2025 yil 23 avgustdan joriy yilning fevral oyigacha respublika bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlaridan jami 965 ta holatda qayta ulanish uchun 5,5 mlrd so‘m to‘lov undirilgani hamda asossiz daromad olinganligi alomatlari aniqlangan.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ hamda uning tizimidagi korxonalarga nisbatan ish qo‘zg‘atilgan. Ayni vaqtda mazkur holat manfaatdor davlat organlari ishtirokida har tomonlama o‘rganilib, huquqiy baho berilmoqda. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91514 | Инструменты