O'zbekistonlik sablyachi qizlar Jahon kubogining navbatdagi bosqichida tengsiz bo'lishdi

Toshkentda qilichbozlikning sablya yoʻnalishi boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Jahon kubogining navbatdagi bosqichi yakunlandi. Taʼkidlash joiz, bu galgi bellashuvlar ham yurtdoshlarimiz uchun yorqin gʻalabalarga boy boʻldi.

Bugun tashkil etilgan jamoaviy dasturda ham qizlarimiz yuksak mahoratlarini namoyish etib, barcha raqiblarini magʻlubiyatga uchratishdi va oltin medallarni qoʻlga kiritishdi. Hamyurtlarimiz yarim finalda Janubiy Koreyani 45:26, final bahsida esa Qozog’istonni 45:37 hisobida dogʻda qoldirishdi.

Jamoamiz safida Fernanda Errera, Gulistan Perdibayeva, Nargiza Jaksibayeva va Samira Shokirova ishtirok etishdi. Eslatib oʻtamiz, yakkalik dasturida hamyurtimiz Fernanda Errera gʻalaba qozongan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72310 | Инструменты