Huawei 1
O‘zbekistonlik bokschilar Polshada o‘tgan Jahon kubogida birinchi bo‘ldi

Boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Polshada yakunlangan Jahon kubogining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozondi. Sportchilar 6 ta oltin, 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.

Oltin medallarni qo‘lga kiritganlar:

  • Mirazizbek Mirzaxalilov (55 kg gacha)
  • Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev (65 kg gacha)
  • Fazliddin Erkinboyev (75 kg gacha)
  • Javohir Ummataliyev (80 kg gacha)
  • Akmaljon Isroilov (85 kg gacha)
  • Jahongir Zokirov (90 kg dan yuqori).

-57 kg vazn toifasida Xumorabonu Mamajonova kumush, -60 kg vazn toifasida Samandar Olimov va -70 kg vazn toifasida G‘ofurjon Tohirov bronza medaliga sazovor bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51823 | Инструменты