Huawei 1
Akbar Joʻrayev mutlaq Osiyo chempioni! Amriddinovda 3 ta kumush

Ogʻir atletika boʻyicha Xitoyda oʻtayotgan Osiyo chempionatining soʻngi bahslari Oʻzbekiston terma jamoasi uchun muvaffaqiyatli oʻtmoqda. Erkaklar oʻrtasida -109 kg vazn toifasida kechgan bahslar sportchilarimizning benefisiga aylandi.

Olimpiada chempioni va sovrindori Akbar Joʻrayev yana bir bor yuksak mahorat koʻrsatib, barcha yoʻnalishda eng katta koʻrsatkichlarni qayd etdi (183, 223 va 406 kg) va 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Ushbu dasturda Joʻrayevdan keyingi natijani koʻrsatgan boshqa bir vakilimiz Sharofiddin Amriddinov (181, 214 va 295 kg) esa 3 ta kumush medal bilan taqdirlandi.

Ushbu natijadan keyin terma jamoamiz hisobidagi medallar 3 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronzaga yetib, umumjamoa hisobida uchinchi oʻringa koʻtarilib oldik. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51519 | Инструменты