Huawei 1
O‘zbekistonda birinchi marta robot yordamida bosh miya biopsiyasi bajarildi

Milliy tibbiyot markazida zamonaviy neyroxirurgik robot – “B Remebot” yordamida O‘zbekistonda ilk bor bosh miya sohasidan biopsiya olish amaliyoti muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Ushbu innovatsion texnologiya orqali operatsiya yuqori aniqlik, minimal shikast va bemor salomatligiga eng kam xavf bilan bajarildi. Robot miya to‘qimalaridan tahlil uchun zarur namunalarni aniq va xavfsiz tarzda olish imkonini berdi.   Markaz mutaxassislarining so‘zlariga ko‘ra, “B Remebot” roboti yordamida endilikda miya o‘simtalarini aniqlash va olib tashlash, Epilepsiya va Parkinson kasalligini davolash, miya qon tomir kasalliklari, shikastlanishlar va murakkab tashxislarni aniqlash mumkin bo‘ladi. Bu,  neyroxirurgiya sohasida katta qadam bo‘lib, bemorlar uchun yangi imkoniyatdir.   

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51523 | Инструменты