Huawei 1
Aprel oyida yengil avtomobillar savdosi 20%ga o‘sdi

Faollikning ikki oylik pasayishidan so‘ng O‘zbekiston avtomobil bozori ijobiy dinamikani ko‘rsatdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tahlilida keltirilgan.

Aprel oyida savdo hajmi o‘tgan oyga nisbatan 17%ga oshib, deyarli 90 ming donani tashkil etdi. O‘tgan oyda yengil avtomobillar savdosi 20%ga o‘sib, 77 mingtadan oshdi.

Hududlar kesimida Sirdaryo viloyatida — 34%ga, Toshkent shahrida — 32%ga va Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 29%ga savdo hajmi sezilarli darajada oshgani qayd etildi.

Birlamchi avtomobil bozori

Yengil avtomobillarning birlamchi bozorida sotuvlar o‘tgan oyga nisbatan 15%ga oshib, 26 mingta avtomobilni tashkil etdi.

Mamlakatda ishlab chiqarilgan yangi yengil avtomobillar sotuvi 20,5 mingtani tashkil etib, mart oyiga nisbatan 4%ga o‘sdi.

Yangi xorijiy yengil avtomobillar segmenti ijobiy dinamikani namoyish etishda davom etmoqda, sotuvlar ikki baravar o‘sdi va umumiy savdo hajmi oyiga 5,3 ming donani tashkil etdi.

Ikkilamchi avtomobil bozori

2025 yilning mart oyida sotuvlar hajmi 2%ga qisqargan foydalanilgan yengil avtomobillar bozoridagi faollikning biroz sekinlashuvidan so‘ng, bozor aprel oyida kuchli tiklanishni ko‘rsatdi.

Qayd etilishicha, aprel oyida savdolar 22%ga oshib, sotilgan avtomobillar soni 52 ming donaga yetdi.

Elektromobillar bozori

Aprel oyida elektromobillar sotuvi biroz pasayganiga qaramay — martga nisbatan 10%ga — yillik hisobda avtomobil bozorining ushbu segmenti barqaror o‘sishni ko‘rsatmoqda.

Shunday qilib, 2024-yilning apreliga nisbatan elektromobillar savdosi 37%ga oshgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 51523 | Инструменты