Bangkok shahrida oʻtayotgan boks boʻyicha “Thailand Open” musobaqasi hal qiluvchi bosqichga kirdi.
Bugundan musobaqaning yarim final janglariga navbat beriladi. Mazkur bosqichga Oʻzbekiston terma jamoasining 16 nafar vakili yetib kelgan boʻlib, kun davomida ularning 7 tasi final yoʻllanmasi uchun jang qiladi. Juftliklar bilan tanishing:
-48 kg: Farzona Fozilova — Olga Shalimova (Ukraina)
-54 kg: Feruza Kazakova — Apisada Tantava (Xalqaro boks assotsiatsiyasi)
-65 kg: Navbahor Hamidova — Liu Yang (Xitoy)
-55 kg: Faryozbek Doʻsmatov — Islam Torobayev (Qirgʻiziston)
-90 kg: Elyorbek Joʻraboyev — Naman Tanvar (Hindiston)
-51 kg: Sabina Boboqulova — Marinchuk Yaroslava (Ukraina)
+90 kg: Abdurahmon Rustamov — Gill Anshul (Hindiston)
Alpha version: 0.9.1.19 build 53102 | Инструменты