Huawei 1
Endi armiyaga chaqiruvlar elektron shaklda amalga oshiriladi

Endilikda fuqarolarni mudofaa ishlari organlariga chaqiruv – elektron shaklda amalga oshiriladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi boshqarma boshlig‘i Temur Narziyev ma’lum qildi.

Bunda chaqiriluvchilarni va harbiy xizmatga majburlarni tuman, shahar mudofaa ishlari bo‘limlariga yetib kelishlari yuzasidan elektron xabardor qilish – Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali foydalanuvchilarga elektron xabarnoma yuborish yo‘li bilan o‘tkaziladi. 

Elektron chaqiruv xabarnomasi my.gov.uz mobil ilovasining «Xabarlar» bo‘limida aks ettiriladi. Uni olgan chaqiriluvchi tug‘ilganlik guvohnomasi, pasport va harbiy hisob hujjatlari bilan belgilangan vaqtda hududiy mudofaa bo‘limiga yetib kelishi shart.

Ta’kidlanishicha, hozirda ushbu tizim test rejimida ishlayotgani sababli, qog‘oz shaklidagi chaqiruv qog‘ozlari ham amalda qolmoqda.

Shu bilan birga mudofaa vazirligiga kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatga kirish istagini bildirgan fuqarolarga ham qulayliklar yaratish, sun’iy to‘siqlar, ovoragarchiliklar va korrupsiyaviy holatlarning oldini olish maqsadida ularning arizalarini yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali olish tizimi joriy qilingan.

Bundan tashqari, mudofaa tizimida psixologik saralash sinovlari ham raqamlashtirilgan bo‘lib, zamonaviy elektron tizim orqali o‘tkazilmoqda. Qog‘oz va trafaret usullaridan to‘liq voz kechilgan. Bunda nomzod test topshirishni yakunlashi bilan natijalarni monitor orqali darhol ko‘rish imkoniga ega bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53002 | Инструменты