Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-mart oylarida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha yalpi hududiy mahsulotni dastlabki baholash ishlari amalga oshirildi.
Unga ko‘ra, YAIM shakllanishida hududlarning ishtiroki bo‘yicha Toshkent shahri 21 % ulush bilan eng katta hissa qo‘shdi.
Toshkent va Navoiy viloyatlari 9,7 % va 9 % ko‘rsatkichlari bilan keyingi o‘rinlarni egallab turibdi.
2025-yilning yanvar-mart oylarida YAIMni shakllantirishda hududlarning ishtiroki:
Toshkent shahri – 21 %
Toshkent viloyati – 9,7 %
Navoiy viloyati – 9 %
Samarqand viloyati – 6,1 %
Farg‘ona viloyati – 5,6 %
Andijon viloyati – 5,4 %
Qashqadaryo viloyati – 4,8 %
Buxoro viloyati – 4,4 %
Namangan viloyati – 4,1 %
Xorazm viloyati – 3,3 %
Surxondaryo viloyati – 3,1 %
Qoraqalpog‘iston Resp. – 2,9 %
Jizzax viloyati – 2,6 %
Sirdaryo viloyati – 1,7 %
Alpha version: 0.9.1.19 build 53002 | Инструменты