Hukumat qarori (44-son, 03.02.2026-y.) bilan “Yirik investisiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga qarshi hamda raqobatni ta'minlovchi standartlarni joriy etish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.
Ushbu Nizom yirik investisiya loyihalarini tayyorlash va amalga oshirish jarayonida korrupsiyaga qarshi va raqobatni ta'minlovchi standartlarni majburiy tarzda joriy etish tartibini belgilaydi.
Nizom quyidagi yirik investitsiya loyihalariga nisbatan qo'llanadi:
- Davlat byudjeti yoki davlat maqsadli jamg'armalari mablag'lari hisobidan moliyalashtiriladigan investisiya loyihalari;
- davlat-xususiy sheriklik asosida amalga oshiriladigan investisiya loyihalari;
- davlat kafolatlari, imtiyozlar yoki davlat tomonidan qo'llab-quvvatlashning boshqa shakllarini nazarda tutuvchi xorijiy investisiyalar va xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi investisiya loyihalari.
Nizomga ko'ra, davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari o'z vakolati doirasidagi loyihalarni to'g'ridan-to'g'ri ekspertiza qiladi va baholaydi.
Ekspertizadan o'tkazish loyihani tasdiqlash jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi.
Ekspertiza va baholash xulosalari asosida loyiha tashabbuskori vakolatli organlar bilan hamkorlikda korrupsiya va raqobat muhitiga qarshi xavf-xatarlarni kamaytirish bo'yicha chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20516 | Инструменты