Xorazmda daraxt kesish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlandi

Xorazm viloyati ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi tumanlar bo‘limlari hamda hamkor tashkilotlar bilan navbatdagi reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Xususan, Xiva tumani ekologiya bo‘limi hamda viloyat prokuraturasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd davomida "Gandimyon" mahallasi hududida fuqaro A.K. tomonidan 4 tup xar xil turdagi kam qimmatli daraxtlarni noqonuniy ravishda kesilganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 79-moddasi 1-qismi bilan ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari (10 million 300 ming so‘m) miqdorida jarima tayinlandi hamda tabiatga 9 million 888 ming so‘m zarar yetkazilganligi ma'lum bo‘ldi. Huquqbuzardan jarima va zarar undirilishi belgilandi.

Shuningdek, Qo‘shko‘pir tumani ekologiya bo‘limi tomonidan olib borilgan reydda “Yoshlik” mahallasi hududida yashovchi fuqaro Sh.J. tomonidan 9 dona Jiyda daraxti ildiz qismidan kesib tashlanganligi ma’lum bo‘ldi. Huquqbuzarga nisbatan MJtKning  79-moddasi 1-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, 10 million 300 ming so‘m miqdorida jarima va 44 million 496 ming so‘m tabiatga yetkazilgan zarar belgilandi.

Reyd tadbirlari davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20516 | Инструменты