Termiz shahridagi "Indenim" savdo ko‘ngilochar markazi faoliyati vaqtincha to‘xtatildi. Bunga sabab favqulodda vaziyatlar vaziri A.Ikramov boshchiligidagi ishchi guruh joyiga borib o‘rganganda, savdo markazi yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermasligi ma’lum bo‘lgan. Shu sababli favqulodda holat sodir bo‘lganda insonlarning hayotini saqlash va xavfsiz evakuatsiya qilishni ta’minlash maqsadida kamchiliklar bartaraf etilgunga qadar savdo markazi vaqtincha yopilgan.
Aynan qanday kamchiliklar aniqlangani videoda batafsil aytilgan, boshqa tadbirkorlar ham ko‘rib olsa, foydadan xoli bo‘lmas edi.
Toshkent shahridagi “Aviator” savdo markazida bo‘lgan yong‘indan so‘ng joylarda bu kabi tekshiruvlar davom etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20516 | Инструменты