Huawei 1
Yashnobodda yangi qurilayotgan ko‘p qavatli uyda yong'in sodir bo'ldi

22-aprel kuni soat 12:43 da Toshkent shahar, Yashnobod tumani, Ohangaron shox ko‘chasida yangi qurilayotgan ko‘p qavatli binoning 11-qavatida yong‘in ro‘y berganligi to‘g‘risida FVBga xabar qilingan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:51 da voqea joyiga yetib borib, soat 13:43 da yong'inni o’chirgan.

Yong‘in natijasida yangi qurilayotgan baland qavatli uyning 11-qavatida taxminan 200 kv.m maydonda qurilish yog‘och qoliplari yongan.

Voqea oqibatida tan jarohati olganlar yo’q.

Yong‘inni bartaraf etishga 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji, 1 ta avtonarvon va 1 ta suv tashuvchi  texnikalar jalb etilgan.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52220 | Инструменты