Xorijda ishlab, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar uchun grant tanlovi e’lon qilindi. Bu haqda Migratsiya agentligi xabar berdi.
Unga ko'ra, tanlov agentlik hamda Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot hamkorligida, Shvetsiya Adliya vazirligining moliyaviy ko‘magida tashkil etilmoqda.
Unda 2025−2026-yillarda xorijda ishlab, O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar ishtirok etishi mumkin. Xotin-qizlarning faol ishtiroki alohida qo‘llab-quvvatlanadi.
Tanlovda biznesni rivojlantirish bo‘yicha aniq va asoslangan g‘oya, yangi ish o‘rinlarini yaratish imkoniyati, shuningdek, mavjud biznesning barqarorligi va samaradorligiga ustuvorlik beriladi.
G‘oliblar o‘z biznesini rivojlantirish uchun 60 mln so‘mgacha grant olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Arizalar 21-sentyabrga qadar qabul qilinadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 91019 | Инструменты