“O‘zenergoinspeksiya” Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Yangiariq tumanida joylashgan “N.” xususiy korxonasiga qarashli AYOQSh tomonidan sotilayotgan AI-95 markali avtobenzin hamda dizel yonilgʻisidan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida O'zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 6,7 mln so‘m miqdorida iqtisodiy sanksiya qo‘llanildi.
Bu kabi holat Jizzax viloyatidagi "V. O." MCHJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida ham dizel yonilg‘isi davlat standart talablariga mos kelmasligi ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYOQShlarda aniqlangan qoldiq saqlanayotgan sifatsiz neft mahsulotlarini sotuvga chiqarmaslik va sifatini qayta tiklash lozimligi bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60517 | Инструменты