Huawei 1
Zimbabveda fillarni otib, go‘shtini aholiga tarqatishmoqchi

Zimbabve yovvoyi tabiatni muhofaza qilish boshqarmasi fillarni otib, go‘shtini aholiga tarqatmoqchi, deb xabar berdi Agence France-Presse (AFP).

Fillar soni ko‘payib ketib, qo‘riqxona hududi ular uchun torlik qilib qolgan. Zimbabve — fillar ko‘pligi bo‘yicha Botsvanadan so‘ng jahondagi ikkinchi mamlakat.

Dastavval mamlakat janubi-sharqidagi ulkan Save Valley Conservancy xususiy qo‘riqxonasidagi 50 ta filni otish rejalashtirilgan. Jami qancha fil «otuvga hukm qilingani» aytilmagan.

ZimParks maʼlumotlariga ko‘ra, 2024 yilda havodan olingan tasvirlar Save Valley Conservancy qo‘riqxonasida 2 550 fil borligini ko‘rsatdi, yaʼni mo‘ljaldagi sig‘im — 800 tadan uch baravar ko‘p. Yaqin besh yilda bu fillarning kamida 200 tasi boshqa parklarga ko‘chiriladi.

«Otilgan fillarning go‘shti mahalliy aholiga tarqatiladi, fil suyaklari esa davlat mulki sifatida saqlash uchun ZimParksga topshiriladi», — deyiladi boshqarma bayonotida.

Fillarni ovlash g‘oyasi jamoatchilikning keskin qarshiligiga uchradi, yana bir tomondan, ular turizmning asosiy obyekti sanaladi».

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60700 | Инструменты