Huawei 1
Xalq ta'limi vazirligi o'qituvchilar malakasini oshirishda Avstraliya bilan hamkorlik qiladi

Xalq ta'limi vazirligida Avstraliya delegatsiyasi bilan o'qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash sohasida hamkorlik aloqalarini o'rnatish bo'yicha muzokara bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatov Avstraliyaning Savdo va investitsiyalar bo'yicha komissiyasi menejeri Natalya Konovalova boshchiligidagi Monash universiteti, Murdoch universiteti, Sidney va Navitis texnologiya universiteti vakillaridan iborat delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar o'qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo'yicha dunyoning eng yaxshi 1000 ta universiteti qatoriga kiruvchi Avstraliyaning yetakchi universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish masalalarini muhokama qildi.

O'zbekiston tomoni Avstraliyadagi o'quv yurtlarini qo'shma trening, seminar, konferensiya, onlayn kurs va tadqiqotlar o'tkazishga taklif qildi. Xususan, pedagogika universitetlarida tahsil olayotgan o'qituvchi va talabalar almashinuvini tashkil etish masalalari ko'rib chiqildi.

Shuningdek, tomonlar o'qituvchilarga sertifikat berish kabi Avstraliyaning boshqa ilg'or tajribalarini O'zbekistonda qo'llash masalalarini muhokama qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90400 | Инструменты