Huawei 1
Agrar sohani mexanizatsiyalashni davlat tomonidan rag'batlantirish raqamlashtiriladi

Hukumat qarori (549-son, 29.08.2025-y.) bilan “Qishloq xo'jaligi texnikasi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregati qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishni raqamlashtirish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom qishloq xo'jaligi texnikasi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregati qiymatining bir qismini qoplash uchun “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali subsidiya ajratish hamda undan samarali foydalanishni nazorat qilish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko'ra, xaridor subsidiya olishga ariza berish uchun “Subsidiya.mf.uz” axborot portalida Yagona identifikasiya tizimi (One ID) yoki elektron raqamli imzo (ERI) orqali ro'yxatdan o'tadi.

Qishloq xo'jaligini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash jamg'armasida subsidiya ajratishni ko'rib chiquvchi komissiya tuziladi.

Komissiya “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni 5 ish kunida o'rganib chiqadi.

Xaridor “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali o'ziga subsidiya ajratish ma'qullangani yoki rad etilgani to'g'risida ma'lumotga ega bo'lishi mumkin.

Ma'lumot uchun: subsidiya – belgilangan texnikani sotib olgan xaridorning arizasiga muvofiq qishloq xo'jaligi texnikasi qiymatining 15 foizi, lazerli yer tekislagich agregati qiymatining 30 foizini qoplash uchun ajratiladigan mablag' hisoblanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90402 | Инструменты